Tarix
“Yakka Saroy” banket zali o‘z faoliyatini 2011-yilda boshlagan va o‘sha vaqtdan buyon nafaqat O‘zbekiston aholisi, balki xorijiy mehmonlar orasida ham ishonch qozonib kelmoqda.
“Yakka Saroy” tarixi besh farzandli oiladan boshlanadi. Har bir farzand o‘z yo‘lidan ketayotgan bir paytda, ota yaqinlarini umumiy bir maqsad yo‘lida birlashtirishga qaror qildi. U bir g‘oyani ilgari surdi: bor kuchni har kim o‘zini namoyon qila oladigan birgalikdagi ishga sarflash. Oila restoran sohasiga to‘xtalguniga qadar ko‘plab biznes yo‘nalishlarini sinab ko‘rdi. Bir necha oylik tayyorgarlik va ta’mirlash ishlaridan so‘ng, 2011-yil 10-dekabr kuni banket zali eshiklari ilk bor mehmonlar uchun ochildi.
O‘sha kuni oila boshlig‘i va ilhomlantiruvchisi — ota zalga birinchi bo‘lib kirdi, farzandlariga muvaffaqiyatlar tiladi hamda ushbu tantanalar saroyi ko‘plab avlodlar uchun quvonch va yorqin xotiralar maskaniga aylanishiga umid bildirdi.
“Yakka Saroy” — bu qat’iyatlilik, yagona g‘oya va umumiy ishga bo‘lgan ishonch hikoyasidir. Aynan tinimsiz mehnat va sabr-toqat tufayli u insonlar hayotidagi eng muhim voqealar maskaniga aylandi.

Bizning oshpazlarimiz
Asror Mamadaliyev
Shef-oshpaz

Tajribali shef-oshpaz Asror Mamadaliyevning ushbu yo‘nalishdagi faoliyati 2006-yilda boshlangan. Oshpazlik kasbiga bo‘lgan mehrni unga hamisha mazali taomlar va pazandachilik durdonalarini tayyorlashga ishtiyoqmand bo‘lgan onasi uyg‘otgan.
O‘z faoliyatining boshida Asror “Dedeman Silk Road Tashkent” mehmonxonasida oshpaz bo‘lib ishlagan, so‘ngra Qozog‘istonga jo‘nab ketgan va “Royal Village” mehmonxonasida taniqli fransuz shef-oshpazi Toni Esber bilan birga ishlab, undan qimmatli ko‘nikma va bilimlarni o‘rgangan.
Rossiya Federatsiyasining Orenburg shahridagi “Infinity” va “Palete” restoranlarida hamda Toshkent shahridagi “No comment Fusion Cuisine” restoranida ishlagan davrida o‘zini ushbu sohaning professional mutaxassisi sifatida namoyon etdi. “Franklins and BBQ true American” kafesida u Amerika oshxonasining noyob va mashhur taomlarini tayyorlash va targ‘ib qilish bilan shug‘ullangan. “Manor” mehmonxonasida menyu ishlab chiqish va oshxona xizmati tizimini yo‘lga qo‘yish bilan shug‘ullangan.
2022-yildan buyon “Yakkasaray” tantanalar saroyida faoliyat yuritmoqda.
Ravshan Sobirov
Shef-oshpaz

O‘z ishining ustasi Ravshan Sobirov ushbu sohada 2002-yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Mutaxassis o‘z faoliyatini "Radisson SAS Hotel Tashkent" mehmonxonasida boshlagan, Sankt-Peterburg (Rossiya) shahridagi "Probka Vine bar" va "Il Grappolo" restoranida ishlab, qimmatli tajriba orttirgan.
Shundan so‘ng u Norvegiyaga jo‘nab ketdi va "Quality Airport Hotel Stavanger", "Radisson SAS Atlantic Hotel Stavanger" kabi nufuzli mehmonxonalarda shef-oshpaz bo‘lib ishladi. U 700 kishigacha bo‘lgan tushliklarni tashkil etishdek mas’uliyatli vazifani o‘z zimmasiga oldi va buni a’lo darajada uddaladi. 4 yil davomida "Sjøhuset Skagen", "Nero restaurant", "Tango bar & Kitchen" kabi mashhur restoranlarda mehnat qildi. Tajribali mutaxassis go‘sht va baliqni professional darajada tayyorlashni aynan Norvegiyada o‘rgangan.
Ravshan Sobirov Toshkentdagi "Palete" restoranida bosh oshpaz bo‘lib ishlagan va oshxonadagi barcha jarayonlarni to‘liq boshqargan. 2019-yilda Fransiyaning Bordo shahridagi "Cent33" restoranida malaka oshirgan. O‘sha yili Fransiyaning "CAFA Wine School Bordeaux" maktabida somelye yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olgan va "La Grande Maison de Bernard Magrez" restoranida tajriba orttirgan. Ravshan Sobirov bugungi kunda O‘zbekistondagi birinchi diplomli somelyelardan biri hisoblanadi.
2022-yildan buyon “Yakkasaray” tantanalar saroyida faoliyat yuritmoqda.