Biz haqimizda
Tadbirlar uchun ideal tanlov
«Yakka Saroy» — bu unutilmas voqealar uchun maxsus yaratilgan muhtasham banket zalidir. To‘y, tug‘ilgan kun, nahorgi osh yoki korporativ tadbir bo‘lishidan qat’i nazar — bu yerda bayramingiz mukammal o‘tishi uchun har bir detal e’tiborga olingan. Nafis interyer, yuqori darajadagi servis hamda o‘zgacha ko‘rinishda tortiq qilinadigan nafis taomlar siz orzu qilgan muhitni yaratadi.
Bizning oshxonamiz
Oshxona — hech shubhasiz, maskanimizning eng sehrli joyidir. Sababini aytaylikmi? Aynan shu yerda oshpazlarimiz eng nafis taomlarni tayyorlash uchun sidqidildan mehnat qiladilar. Ular har bir taomni bezatishga ijodiy yondashadilar, buni bemalol san’at asari deb atash mumkin.
Batafsil ma’lumot
Bizning afzalliklarimiz
Biz 12 yoshdamiz
Jamoamiz 2011-yildan buyon to‘y va boshqa tadbirlarni o‘tkazishda 14 yillik tajribaga ega va bu sohada yetakchilardan biri hisoblanadi.
Ulkan tajriba
Eng yaxshi mutaxassislar (tadbirlar tashkilotchilari, dekoratorlar, ovoz rejissyorlari, fotograflar va boshqalar) bilan hamkorligimiz mijozlar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratadi.
Servis
Mehmonlarga yuqori malakali xodimlar xizmat ko‘rsatadi, taomlar esa xorijiy davlatlarda ish tajribasiga ega bo‘lgan mohir oshpazlar tomonidan tayyorlanadi.
Menyu
Menyu tarkibiga eng ilg‘or oshxona uskunalarida saralangan mahsulotlardan tayyorlangan eng mazali va ishtahani ochar taomlar kiritilgan.
Uskunalar
Zallar eng so‘nggi texnik uskunalar bilan jihozlangan. Bu tadbir ishtirokchilari va mehmonlari uchun qo‘shimcha qulaylik yaratadi.
Lokatsiya
Banket zali qulay joylashuv va qulay avtoturargohga ega.
Tadbirlar formatlari
“Yakka Saroy” jamoasi nafaqat tantana va tadbirlarni, balki rasmiy qabullar, korporativ kechalar va boshqalarni ham o‘z zimmasiga oladi.
Zallar
Bu yerda o‘ziga xos interyerga ega 4 ta banket zali mavjud. Mijozlar o‘z xohishlariga ko‘ra zal tanlashlari mumkin.







